21 iyul kuni Kun.uz muxbiri va operatori 1197 qisqa raqamiga qönğiroq bölişidan boşlab xayriya mahsulotlari öz egasiga yetib borgungaça bölgan jarayonlarni örganib, qisqa lavha tayyorladi.
https://ok.ru/videoembed/1595037584063
Ma'lumotlar markazida yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari qabul qilinadi va ular örganilib, Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markaziga uzatiladi.
«Kunlik iş faoliyatimiz soat 9:00dan keç soat 18:00 orasida ötadi. Şu vaqtda 50 nafar atrofidagi köngilli yoşlarimiz telefon qönğiroqlarga javob bermoqda.


Volontyor yoşlarimiz asosan tibbiyot yönalişida öqişadi va ular zarur bölganda odamlarga tibbiy ma'lumotlar ham bera olişadi.
Bizga har kuni Toşkent şahridan deyarli 50 ming atrofida fuqarolar murojaat qilişmoqda», – deydi ma'lumotlar markazi kordinatori Feruz Saidazimov.

Uning qöşimça qilişiça, mana şu qönğiroq egalaridan kunlik 4–4.5 ming atrofida oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa tur mahsulotlarga buyurtma olinadi.
Qönğiroq qabul qilindi, oziq-ovqat mahsulotiga buyurtma olindi. Keyingi bosqiçni Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazida kuzatamiz.
Bu yerda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Toşkent şahar hokimligi va Yoşlar işlari agentligi tizimidagi xodimlar mehnat qilişmoqda.
Ular orqali oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa tur mahsulotlar volontyorlik guruhlari yordamida oilalarga yetkaziladi.
«Fuqarolar murojaatlarini qabul qilgan volontyorlar uni elektron bazamizga yuborişadi. Biz şu murojaatlar böyiça kuniga 1.5–2 ming atrofidagi xayriya mahsulotlarini tayyor holda volontyorlar orqali fuqarolarga yetkazamiz», – deya ma'lumot berdi markaz faoli Ziyodulla Saydullayev.




















