Har bir öqituvçi semestr boşida talabalariga öz fani böyiça dasturini taqdim etib, unda uşbu fan nima haqidaligi, talabalar uşbu fanni örganiş natijasida amaliyotda nimalar qila olişi haqida batafsil tuşuntirib, şundan keyingina darslarni boşlaşini-çi?

Qöşimçasiga deng, oliy ta'lim muassasalari (OTM) özining har bir bakalavr yoki magistratura dasturlari böyiça kataloglar (kitobçalar) işlab çiqib, undan siz öqiş davomida qaysi fanlarni örganişingiz mumkinligi, uşbu fanlarni kimlar öqitişi, dastur davomida siz mutaxassis sifatida qanday bilim, könikma va mahoratlarga ega bölişingiz haqida batafsil ma'lumot olişingiz mumkin bölib, şundan söng öquv yili boşlansa-ya! Bu xususiyatlar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ham asta-sekinlik bilan kirib kelmoqda va bu tizimning nomi — ta'limning «kredit-modul» tizimi.

Özbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi»ga köra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgaça bosqiçma-bosqiç kredit-modul tizimiga ötişi rejalaştirilgan. Masalan, kelayotgan 2020-21 öquv yilining özida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga ötişi kutilmoqda. Mazkur OTMlarda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilişi közda tutilgan.

Xöş, ta'limning kredit-modul tizimi özi nima? Uşbu tizim talabalarga nima beradi va nimalarni bajarişni talab qiladi? Uning amaldagi ta'lim tizimidan afzalliklari nimada? Quyida uşbu savollarga qisqaça javob berişga harakat qilamiz.

Ta'limning kredit-modul tizimi özi nima?

Bizga ma'lumki, hayotda köp narsalarni ölçov birligi mavjud. Masalan, vaqt ölçov birligi — soniya, soat, uzunlik ölçovi — metr, oğirlik — kilogramm, suyuqlik — litr, elektr kuçlanişi ölçovi — volt.

Savol tuğiladi: ta'limning, xususan oliy ta'limning ham ölçov birligi bormi? Siz «ha, bor, oliy ta'limning ölçov birliklari bu bakalavr, magistr va doktor» deb aytasiz. Lekin bular ta'limning ölçov birliklari emas, balki uning darajalari hisoblanadi.

Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta'lim tizimiga ta'limning amaldagidan köra ança mukammal ölçov birligini olib kiradi.

Unga köra, universitetda ötiladigan har bir fan endilikda undagi öqiş yuklamasi miqdoriga qarab,