Tojikistonda 49 nafar imom va mulla koronavirus yuqtirgani ma'lum bo‘ldi
Tojikistonda diniy qo‘mita rasmiy ruxsatnomasiga ega bo‘lgan 49 nafar diniy rahnamolar koronavirusga chalingan. Ulardan biri, Asht nohiyasidan bo‘lgan imom xavfli virus yuqtirishi natijasida vafot etgan. «Aziya-Plyus» saytining xabar berishicha, bu haqda Tojikiston din ishlari qo‘mitasida bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘mita raisi Sulaymon Davlatzoda ma'lum qilgan.
Davlatzodaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yuqtirgan mullalar va imomlar janoza namozlarini o‘qish vaqtida Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ko‘rsatmalarga amal qilmagan. Shuningdek, ular janozadan keyin ham bir necha kunlab marhumlarning uyida fotihaxonliklarda qatnashgan.
Shuningdek, Davlatzoda hozirgi tahlikali kunlarda to‘ylarga ham 100-150 nafar odam chaqirish noto‘g‘ri ish bo‘lishi, 20-30 nafar odam chaqirib to‘y o‘tkazish lozimligi, ortgan narsalarni kam ta'minlangan qo‘shnilar va mahalladoshlarga tarqatilsa savob bo‘lishini aytib o‘tgan.
Matbuot anjumanida hozir bo‘lgan Tojikiston Ulamolar kengashi rahbari Saidmukarram Abduqodirzoda pandemiya sharoitida janoza namozlarini o‘qish uchun mayyitni masjidga olib kelish shart emasligini, uni xonadonlarda, iloji boricha kamroq odam ishtirokida, karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘qish lozimligini bildirgan.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024