Toshkentda yo‘l kira narxini asossiz oshirgan 64ta yo‘nalishsiz taksilarning litsenziya varaqalari bekor qilindi – vazirlik
Bugun, 22 iyul kuni AOKA shtabida Transport vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev karantin paytida Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan yo‘nalishsiz taksi haydovchilari haqida ma'lumot berdi.
«Toshkent shahar transport boshqarmasining avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta'minlashni nazorat qilish bo‘limi nozirlari soliq, monopoliyaga qarshi kurash tashkiloti hamda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birga Toshkent shahridagi 32ga madad postlarida ana shunday tabirlarni olib borishmoqda.
Joriy yilning 10 iyulidan ayni kunga qadar yo‘l haqini asossiz oshirgan yoki tender shartnomasi talablarini buzgan 25ta yuridik korxonalariga ma'muriy choralar qo‘llandi. 64ta yo‘nalishsiz taksilarning litsenziya varaqalari bekor qilindi. Bundan tashqari, yana 9ta yuridik korxonaga chora ko‘rish va 21ta taksining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar sudga taqdim etildi», dedi Jo‘rayev.
Qo‘shimcha qilinishicha, taksilar tomonidan olib ketilayotgan yo‘lovchilar bilan o‘tkazilayotgan suhbatlar jarayonida hamda karantindan avvalgi holatlar bilan taqqoslash orqali narxlar bo‘yicha aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
18:50 / 29.10.2024
Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi
07:50 / 25.10.2024
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi
21:47 / 18.10.2024