Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda «Janubiy Farg‘ona kanali GES–2» foydalanishga topshirildi
22 iyul kuni Janubiy Farg‘ona kanali 2-GESda olib borilgan modernizatsiya jarayonlari yakunlari hamda mazkur GESning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
«Shahrixon GESlari kaskadi» unitar korxonasi tarkibidagi Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan JFK GES-2 ishlab chiqarish binosi qurilishi 1962 yilda bosh to‘g‘ondan 1320 metr quyida boshlangan va 1966 yili to‘liq ishga tushirilgan.
GESda Rossiyaning «Uralelektroapparat» zavodida ishlab chiqarilgan bir dona gidrogenerator vertikal holda o‘rnatilgan. GESning o‘rnatilgan quvvati 6,7 MVt ni tashkil etadi.

Energetika vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi qarori va hukumatning qator topshiriqlari doirasida JFK GES-2 da ham modernizatsiya ishlari olib borildi. Modernizatsiya ishlarini bajarish uchun Xitoy Xalq Respublikasining «Power Construction Corporation of China» Ltd Bosh pudratchi korxonasi bilan shartnoma imzolandi hamda hamkorlikdagi texnologik ishlar amalga oshirildi.
Ta'kidlanishicha, modernizatsiyadan so‘ng JFK GES-2 avtomatik (aqlli) boshqaruv tizimi hamda 7,05 MVt quvvat bilan ishlaydi.


Hozirgi kunda, viloyatda Andijon GES-1, Andijon GES-2, «Shahrixon GESlari kaskadi» unitar korxonasi tarkibiga kiruvchi 4 ta GES samarali faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yili kaskad tarkibidagi Janubiy Farg‘ona kanalidagi GES-1 (JFK GES-1) modernizatsiyadan chiqarilib, yangi quvvatlarda faoliyatini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026