Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan va ketgan shaxslar bo‘yicha statistika ochiqlandi
2020 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,2 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, aprel-iyun oylarida bu ko‘rsatkich 2,1 ming kishini tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1,4 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, aprel-iyun oylarida esa bu ko‘rsatkich 3,5 ming kishini tashkil etdi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,2 mln kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davriga nisbatan 60,0 foizga kamaygan.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida MDH davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 1,1 mln kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 95,5 foizini tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 54,8 ming kishi (yoki 4,5 foiz) kelgan.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1,4 mln kishini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda esa bu ko‘rsatkich 61,3 foizga kamaygan.
2020 yilning yanvar–mart oylarida MDH davlatlariga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami ketganlarning 92,7 foizini tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlarga esa 104,6 ming kishi (yoki 7,3 foiz) ketgan.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026