Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga gumanitar yordam jo‘natadi. U oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat
Tegishli qaror Qozog‘iston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilindi.
Qozog‘iston hukumati O‘zbekiston va Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatadi, deb yozmoqda zakon.kz.
Tegishli qarorni mamlakat bosh vaziri Asqar Mamin imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari yuboriladi. Ular orasida un, grechka, o‘simlik yog‘i va konservalar mavjud.
Afg‘onistonga esa rasmiy gumanitar yordam ko‘rsatish uchun besh ming donadan ortiq tovarlarni yuborish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Afg‘onistonga ko‘rpa-yostiq, qishki chodirlar, metall karavotlar, matratslar, yostiq jildlari, choyshablar va adyollar taqdim etiladi.
Shuningdek, respublikaga issiq kiyimlar ham topshiriladi.
Hujjatga ko‘ra, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi gumanitar yordam oluvchilarni aniqlab, ularni yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirilishini ta'minlashi kerak.
Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligiga gumanitar yuklarni O‘zbekiston va Afg‘onistondagi manzillarga tashish hamda yetkazib berish vazifasi topshirildi.