Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ikki nafar politsiyachi O‘zbekiston fuqarosini kaltaklaganlikda ayblanmoqda
Rossiya Tergov qo‘mitasining Privoljsk Transport tergov boshqarmasi Samara vokzalida O‘zbekiston fuqarosini kaltaklaganlikda gumon qilingan ikki nafar transport politsiyasi xodimiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda mintaqa transport prokuraturasi saytida xabar berilgan.
Hodisa shu yil 15 iyul kuni sodir bo‘ldi, deb yozmoqda «Interfaks».
«Politsiya xodimlariga ayblov qo‘yilib, hibsga olish va shahardan chiqib ketmaslik to‘g‘risida tilxat topshirish choralari ko‘rildi», deyiladi bayonotda.
Ish Rossiya Jinoyat kodeksining 286-moddasi 3-qismi «a» bandiga binoan qo‘zg‘atilgan (zo‘ravonlik yoki undan foydalanish bilan tahdid qilish orqali xizmat vazifasini suiiste'mol qilish). Ayblanayotgan shaxslar Rossiya Ichki ishlar vazirligining Privoljsk transport boshqarmasi xodimlari ekani aytiladi.
Ta'kidlanishicha, transport politsiyasi rahbariyatiga xodimlarning ishi ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish vazifasini topshirish rejalashtirilmoqda.
Hozirda ikki politsiya xodimi ham ishdan bo‘shatildi, ularning rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortildi.
Jinoyat ishini tergov qilish Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbariyati nazorati ostida turibdi.
Vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, mojaro hujjatlarni tekshirish paytida yuz bergan.
«Transport politsiyasi xodimlari O‘zbekiston fuqarosidan hujjatlarini ko‘rsatishni talab qilishdi. Noma'lum sabablarga ko‘ra, politsiyachilardan biri jabrlanuvchiga zarba bergan», - dedi manba.
Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026