O‘zbekiston | 17:08 / 24.07.2020
13501
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 19 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 193 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 24 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 179 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha kun davomida respublikaning 6 hududida jami 311ta yangi holat qayd etildi.

  • Toshkent shahrida 170 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 52 holat;
  • Andijon viloyatida 35 holat
  • Samarqand viloyatida 31 holat;
  • Toshkent viloyatida 18 holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 holat.

Bugun ayni paytga qadar jami 54 nafar bemor tuzaldi va jami tuzalganlar soni 10 203 nafarga yetdi.

  • Andijon viloyatida 45 nafar;
  • Navoiy viloyatida 9 nafar.

Bugun shuningdek, ikki bemor vafot etdi va O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 104 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 8 872 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid