«O‘zbekneftgaz»: Karantin davrida tabiiy gaz qazib chiqarishda bir daqiqa ham uzilish bo‘lgani yo‘q
«Kun.uz» muxbiri «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalar va ulardagi ishchilar faoliyatini o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
Ayni paytda neft-gaz sohasidagi korxonalarda ishchilar faoliyati vaxta rejimida yo‘lga qo‘yilgan.
«Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish, yangi samarali natija uglevodorod zaxiralari, konlarni qidirib topish va ularni ishga tushirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish uchun ishchi-xodimlarni vaxta rejimida ishlashini ta’minlab, ularga barcha sharoitlar yaratib berayapmiz», – dedi «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev.
«O‘zbekneftgaz» rahbariga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin boshlangandan toki shu kunga qadar tabiiy gaz qazib chiqarishda to‘xtalish va uzilish mutloqo bo‘lgan emas.
«Aksincha, oldingi davrlarga nisbatan ishchi-xodimlarning fidokorona mehnati evaziga ko‘proq tabiiy gaz qazib chiqarishga erishdik», – dedi Mehriddin Abdullayev.
Ayni kunlarda jamiyat Boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryodagi konlar va quduqlarda bo‘lib, rejaga asosan va sifatli amalga oshirish orqali uglevodorod xom-ashyosini qazib chiqarishni ko‘paytirishga erishish borasidagi ishlar holatini o‘rganmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ishchi guruh «Janubiy tandircha» konidagi gazni dastlabki tayyorlash qurilmasida ishchi-xodimlar uchun pandemiya davrida tashkil etilgan mehnat sharoiti, ushbu kon hududida kapital ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan 54-sonli tabiiy gaz qudug‘i va burg‘ilash ishlari olib borilayotgan 63-sonli quduqdagi ish jarayonini atroflicha ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish» boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1, 2, 5) modernizatsiya qilish» bo‘yicha qiymati 49 mln dollarlik investitsiya loyihasi va bu bo‘yicha qilinayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati tomonidan xabar berilishicha, Boshqaruv raisi ishtirokida Davlat geologiya qo‘mitasi mutaxassislari, “O‘zbekgeofizika” AJ, “O‘zLITIneftgaz” AJ, “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruv instituti” (IGIRNiGM) mutaxassislari va soha geologlari ishtirokida Muborak gazni qayta ishlash zavodida sayyor yig‘ilish o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda 2020 yilning ikkinchi yarim yilligida bajariladigan ishlar yuzasidan geologiya va burg‘ilash, 2021 yilda esa uglevodorod xomashyosi zaxirasini ko‘paytirish muhokama qilingan.
Kun.uz vakillari ham ikki kun mobaynida tabiiy gaz qazib chiqarish quduqlarida bo‘lib, ishchi-xodimlarning kundalik ish faoliyati va tabiiy gaz qazib chiqarish jarayonlarini o‘rgandi. Tez orada neft-gaz sohasida mehnat qiluvchi ishchilarning bir kunlik hayot tarzidan hikoya qiluvchi videoreportaj taqdim etiladi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024