O‘zbekiston | 09:46 / 25.07.2020
61565
2 daqiqa o‘qiladi

Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan viloyatlar ma'lum bo‘ldi

2020 yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 176,0 trln. so‘mni tashkil etdi.

Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur'atlarini hisoblashda, narx omillari ta'sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri - iste'mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, iste'mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur'ati 1,5 foizni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha Toshkent shahrida (10,5 mln so‘m) hamda Navoiy (8,3 mln so‘m), Buxoro (6,4 mln so‘m) va Toshkent viloyatlarida (5,5 mln so‘m) o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi. 

Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko‘rsatkichlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,8 mln so‘m), Namangan (3,9 mln so‘m) va Farg‘ona (4 mln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. 

Bildirilishicha, koronavirus pandemiyasi davrida aholi jon boshiga real daromadlar o‘sishiga sezilarli ta'sir etdi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Navoiy (5,2 foiz) va Jizzax (4,1 foiz) viloyatlarida kuzatildi. 

Shu bilan birga, Toshkent shahri (4,8 foiz) Andijon (1,5 foiz) Qashqadaryo (1,2 foiz), Farg‘ona (0,7 foiz) va Sirdaryo (0,6 foiz) viloyatlarida aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid