O‘zbekiston | 21:28 / 25.07.2020
5063
5 daqiqa o‘qiladi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari tashkil etiladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etiladi;

Sanitariya-epidemiologiya xizmati uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar bilan birga yaxlit tizimni tashkil qiladi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi tatbiq etiladi;

Vazirlar Mahkamasi sanitariya-epidemiologiya xizmatining jozibadorligini oshirish va tizimga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida 2020 yil 1 dekabrga qadar pandemiyadan keyingi davrda ham tibbiyot va Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangilangan tizimini tasdiqlaydi;

O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 24 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4695-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xodimlariga qo‘llaniladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

a) 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining amaldagi oylik ish haqlariga qo‘shimcha ravishda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lganda lavozim maoshiga – 30 foiz, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega bo‘lganda – 60 foiz har oylik ustamalar belgilanadi;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmatining ilmiy-tadqiqot muassasalari:
  • bino va inshootlarini saqlash, shuningdek xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi; (Natijada: Sanitariya-epidemiologiya xizmatining ilmiy-tadqiqot muassasalarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan amalga oshirilishi belgilanmoqda hamda ularning rahbarlari oylik maoshlari amaldagi 3 mln so‘mdan 5,5 mln so‘mgacha oshiriladi).
  • rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;

b) Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga moddiy-texnika bazasini yaxshilash va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida aholiga pullik asosda (laboratoriya xizmati, sertifikatsiya, ekspertiza va boshqalar) xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi;

v) Sanitariya-epidemiologiya xizmati Davlat budjetidan tizimga ajratilgan mablag‘lar, ularning sarflanish yo‘nalishlari, samaradorlik natijalari yuzasidan ma'lumotlarni har oy yakuni bo‘yicha jamoatchilikka e'lon qiladi va o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining budjetdan tashqari Maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalarining budjetdan tashqari hisob raqamlaridagi barcha qoldiq mablag‘lari Jamg‘armaga to‘liq o‘tkaziladi.

Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

  • sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar va jarimalarni to‘lash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 50 foizi (nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni to‘lash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 25 foizi);
  • idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ixtisoslashgan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlarning 3 foizi;
  • Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
  • Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta'minlash, shu jumladan uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmatining farmoyish berish
  • va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashda;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmati oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etishda.

Mavzuga oid

E`lonlar