Tadbirkorlik sub'yektlariga yashil, sariq va qizil «Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi» beriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, Davlat budjetining 1,7 mlrd so‘m va xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma va investitsiya banki) jalb qilingan 194,5 mln AQSh dollari mablag‘lari hisobidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish, yuqori texnologiyali asbob-anjomlar, apparaturalar, jihozlar, maxsus texnika, sarflovchi va boshqa vositalar bilan ta'minlash belgilanmoqda;
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xarid qilinayotgan asosiy vositalar, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash ishlari asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarish guruhlarini birlashtirish va yagona Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish guruhini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Farmon bilan 2020–2025 yillarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish rejasi tasdiqlanib, rejaga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlar va normalarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish jarayoniga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro ekspertlarni jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. (Hal etiladigan masala: Bugungi kunda 7 ta yo‘nalishdagi jami 210 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mavjud bo‘lib, ularning 180 tadan ortig‘i (85%) xalqaro talablarga moslashtirilmagan hamda ishlab chiqilganiga 20 yildan ko‘p vaqt o‘tgan. Ushbu hujjatlar xalqaro standart va normalarga muvofiqlashtiriladi).
2020 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik sub'yektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan «Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi»ni (keyingi o‘rinlarda — belgi) berish amaliyoti joriy qilinadi;
Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – «yashil», «sariq» va «qizil» toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi; (natijada: mazkur belgini joriy etish kelgusida kasalliklar, shu jumladan oziq-ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish imkonini beradi)
«Yashil» toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno);
Belgi tadbirkorlik sub'yektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi;
tadbirkorlik sub'yektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) belgini olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hamda pullik asosda amalga oshiriladi. Bunda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun olinadigan daromad Sanitariya-epidemiologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Savdo-sanoat palatasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar belgini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
-
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi
O‘zbekiston | 16:32
-
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
Jamiyat | 16:21
Mavzuga oid

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

18:36 / 11.12.2024
Faoliyat yuritmayotgan korxonalar bir yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi

17:02 / 16.11.2024