Hozirda qandolatçilik va salqin içimliklar tarmoği mahalliy sanoatning drayveriga aylanib ulgurgani va ularni qöllab-quvvatlaş muhimligi ta’kidlandi.
Şu bois şakarga aksiz tölovi bekor qilinişi belgilandi. Quruq sut importiga qöyilgan çeklovlar ham olib taşlanadi.
Buning hisobiga qariyb 40 ming odam işlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin içimlik işlab çiqaruvçi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion sömga yetadi.
Hozirda 2,5 mingga yaqin restoran va kafe QQS tölamoqda. Yil boşidan ularga QQSning 20 foizdan 40 foizgaça qismini keşbek sifatida qaytariş tizimi joriy qilingan edi. Lekin, hozirgaça bu imtiyozdan bor-yöği 69 ta umumiy ovqatlaniş korxonasi foydalangani körsatib ötildi.
Masalan, salqin içimlik, tort, muzqaymoq kabi 200 dan ziyod mahsulot alohida-alohida sotilsa, keşbek berilmayapti. Vaholanki, ularga ham QQS tölangan.
Soliq qömitasiga bu boradagi tuşunmovçiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yölga qöyiş topşirildi.
Prezident tadbirkorlarni öylantirayotgan yana bir masalaga töxtaldi.
Joylarda yer soliği va ijara tölovlariga oşiruvçi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga ta’sirini örganiş, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib çiqib, qaror qabul qiliş muhimligini ta’kidladi.
«Tuşumni köpaytiriş soliq stavkasini oşiriş hisobidan bölmasligi kerak. Aksinça, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tuşum köpayadi, tadbirkorlar ham rozi böladi», – dedi prezident.
Endilikda tadbirkorlarga uşbu soliqlarni yilda ikkiga bölib tölaşga ruxsat beriladi.

Yiğilişda soliq va bojxona sohalaridagi kamçiliklar bu tizimlarda navbatdagi islohotlarni talab qilayotgani qayd etildi.
Mutasaddilarga malakali ekspertlar, olimlar va tadbirkorlar jamoatçilik kengaşini jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va ma’murçiligini yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça asosli takliflarni kiritiş topşirildi.
Şuningdek, vazirlarning öz sohasidagi yöriqnoma va boşqa idoraviy hujjatlarni qabul qiliş böyiça vakolati aniq belgilanişi lozimligi ta’kidlandi.

















