Qarorga köra, «Online mahalla» platformasida dehqon xöjaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari töğrisidagi ma’lumotlar şakllantiriladi.

2025 yil 1 iyungaça aholi tomorqalarining yer maydonlari töliq xatlovdan ötkazilişi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritiladi.

Şuningdek, namunali mahallalar joylaşadigan tuman va şaharlardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqiçma-bosqiç bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulot yetiştiriş uçun qamrab olinadi.

2025 yil 10 aprelgaça ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetiştiriş reja grafigi tasdiqlanadi.

2025 yil 20 aprelgaça aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakçi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli uruğ va köçatlarni tizimli yetkazib beriş, ekiş va har bir tomorqadan samarali foydalaniş taşkil etiladi.

2025 yil 1 maygaça mahallalarda amalga oşiriladigan «yaşil» va resurs tejamkor loyihalarning manzilli röyxati şakllantiriladi.

Bundan taşqari, «bir kontur – bir mahsulot» tamoyili asosida yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv boğ, tokzor, anorzor, gulçilik va köçatçilik plantatsiyalarini yaratiş hamda rezavor meva yetiştiriş böyiça yuqori daromadli va eksportbop qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş yölga qöyiladi.