Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB tez orada O‘zbekistonga 700ta o‘pka sun'iy ventilyatsiyasi apparatini yetkazib beradi
Osiyo taraqqiyot banki pandemiyaga qarshi kurashda hukumatga ko‘mak berishda davom etib, tibbiy anjom va uskunalar to‘la navbatdagi yukni O‘zbekistonga taqdim etdi. Bu haqda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Kun.uz'ga ma'lumot berdi.
24 iyul kuni YuNISEF orqali sotib olingan 20ta kislorod konsentratorlari O‘zbekistonga keltirildi. Bundan tashqari, Shveytsariya kompaniyasi bilan 19,5 million dollarga tuzilgan ikkita shartnoma doirasida, birinchi 100ta o‘pka sun'iy ventilyatsiyasi apparati17 iyul kuni Toshkentga yetkazib berildi. Kelgusi haftalarda yana 700ta shunday apparat keltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 1,56 million AQSh dollari miqdorida OTB tomonidan moliyalashtirilgan COVID-19 sinovlari uchun laboratoriya jihozlarining avvalgi to‘plami 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi agentligiga topshirilgan edi.
- Ushbu uskuna dahshatli kasallikdan aziyat chekkan insonlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi, - dedi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini. - Bu yerdagi vaziyat hali ham qiyin. Biz mamlakatni hayotiy zarur uskunalar bilan ta'minlash uchun astoydil harakat qilamiz va ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Avvalroq OTB va O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun 500 million dollar miqdorida kredit taqdim etish to‘g‘risida bitim imzolagan edi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025