So‘rovnoma: Bayden Tramp uchun muhim bo‘lgan uchta shtatda yetakchilik qilmoqda
Saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnomalarga ko‘ra AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden uchta muhim strategik shtatda prezident Donald Trampdan oldinda bormoqda. So‘rovnoma natijalari 26 iyul kuni CNN’da e'lon qilingan.
Gap Arizona, Florida va Michigan shtatlari haqida ketmoqda. 2016 yilda Trampning g‘alaba qozinishida uning aynan ana shu shtatlarda ustunlik qilgani muhim rol o‘ynagandi.
Ta'kidlanishicha, prezident saylovi o‘tkaziladigan sanaga 100 kun qolganda yuqorida nomlari keltirilgan shtatlardagi saylovchilar Jo Bayden nomzodini ko‘proq qo‘llashmoqda.
So‘rovnomada ma'lum bo‘lishicha, Arizona shtatida aholining 49 foizi Jo Baydenni qo‘llashga tayyor, 45 foiz aholi esa Trampni qo‘llashini bildirgan. Florida shtatida esa so‘ralganlarning 51 foizi Baydenni qo‘llashini ma'lum qilgan bo‘lsa, 46 foizi Trampni qo‘llamoqchi. Michigan shtatida ko‘rsatkichlar Tramp uchun juda yoqimsiz bo‘lmoqda. Bu shtatda so‘rovnomada qatnashganlarning 52 foizi demokratlar nomzodi Baydenni, 40 foizi respublikachilar vakili bo‘lgan amaldagi prezident Trampni qo‘llashini bildirgan.
16 iyul kuni AQShdagi siyosiy tahlillar o‘tkazuvchi ancha obro‘li Real Clear Politics portali e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, saylovchilar o‘rtasida mashhurlik va ommaboplik bo‘yicha Jo Bayden Trampni o‘rtacha 8,6 foizga ortda qoldirmoqda.
Bugun Qo‘shma shtatlarda yana ko‘pchilik mutaxassislar va tahlilchilar saylovoldi targ‘ibotlarida Jo Bayden ustunlik qilayotganini, ammo xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerakligini aytishadi. Ular 2016 yilda o‘tkazilgan saylovlarda prezidentlikka nomzod Hillari Klinton saylovoldi so‘rovnomalarida Donald Trampdan sezilarli oldinda bo‘lganini, ammo yakunda kichik bir xato tufayli Tramp g‘alaba qozonganini eslatishadi.
Ma'lumot uchun, AQShda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrga belgilangan.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024