Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning global josuslik qilishi borasida «haqqoniy dalillar»ga ega ekanligini ma'lum qildi
Avvalroq AQSh adliya vazirligi Singapur fuqarosi Yeo Tszyun Vey Xitoy foydasiga josuslik qilgani haqida ma'lum qilgandi.
Foto: REUTERS/Tingshu Wang
Xitoy hukumati AQShning global miqyosda josuslik bilan shug‘ullanayotgani bo‘yicha "haqqoniy dalillar"ga ega. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma'lum qildi.
"XXRga bo‘hton qilish va unga nisbatan bosim o‘tkazish maqsadida AQSh huquqni muhofaza qilish organlari "Xitoy hujumi" va "Xitoy josusligi" masalasiga e'tibor qaratadi. Ularga hamma yerda dushmanlar ko‘rinadi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar global miqyosda josuslik bilan shug‘ullanadi, ular hatto o‘z ittifoqchilarini ham kuzatishadi. Bunga tekshirilgan haqqoniy dalillar bor", dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Xitoy imijiga putur yetkazish uchun "josuslik mavzusi"ga e'tibor qaratishni to‘xtatishi lozim.
Shanba kuni The Straits Times gazetasi AQSh adliya vazirligiga tayanib Singapur fuqarosi Yeo Tszyun Vey Xitoy foydasiga josuslik qilgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Xitoyning Xyustondagi bosh konsulxonasi Amerika hukumatining talabi bilan yopilgandi. Qayd etilishicha, bosh konsulxona “josuslik” bilan shug‘ullangan.
Mavzuga oid
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
23:40 / 30.01.2026