Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi
Xorazm viloyatida Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm sinov-tajriba bo‘limi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinadi.
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
Xorazm viloyati suv resurslari hisobini yuritish, suv xo‘jaligi obektlari va suvni boshqarish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, Orol dengizi salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tizimli olib borish;
suv xo‘jaligi obektlarini boshqarish, suvni hisobga olish va hisobotini yuritish, shuningdek, yerlarning meliorativ holatini raqamli va geoaxborot texnologiyalar asosida monitoringi yuritilishining ilmiy asoslarini takomillashtirish;
Xorazm viloyati bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularni amaliyotga joriy qilish natijalari, suv va yer resurslari bo‘yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
Xorazm viloyati suv xo‘jaligi va sohaga aloqador boshqa idora va tashkilotlar, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomaviy munosabatlarni keng yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va innovatsion g‘oyalarni belgilangan tartibda amaliyotga joriy qilish;
respublikadagi suv xo‘jaligi bo‘yicha ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda faol ishtirok etish;
rivojlangan davlatlarning suv xo‘jaligi bo‘yicha ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish, grantlar asosida xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish;
suv xo‘jaligi va suv ta'minoti sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini va loyihalar amalga oshirilishini ilmiy-texnik jihatdan kuzatib borish;
suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligini, shuningdek, suv xo‘jaligi obektlarining atrof-muhitga ta'sirini baholash.
Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
bir oy muddatda Xorazm viloyati Xonqa tumani Navoiy qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining sinov-tajriba bo‘limining bino va inshootlari, hududi va moddiy-texnika bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazadi hamda tegishli ekin-tajriba maydonlari bilan birga Markaz tasarrufiga belgilangan tartibda o‘tkazib beradi;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda Markazni belgilangan tartibda malakali rahbar va mutaxassislar bilan butlashni tashkil qiladi hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ma'lumot kiritadi.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026