Belarusda ishchilar Lukashenkoga qarshi ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qilishdi
Ish tashlash 10 avgustdan 11 avgustgacha o‘tkaziladi, agarda saylovda Lukashenko g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, muddatsiz milliy ish tashlash boshlanadi.
Belarusdagi korxonalar ishchilari mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi ish tashlash o‘tkazishmoqchi. Bu haqda NEXTA Live Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, «Brestjilstroy» korxonasi ishchilari ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qilishgan. Ular halol va shaffof prezidentlik saylovi o‘tkazilishini, siyosiy mahbuslarning ozodlikka chiqarilishi hamda ularga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlanishini talab qilishgan.
Ish tashlash 10 avgustdan 11 avgustgacha o‘tkaziladi, agarda saylovda Lukashenko g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, muddatsiz milliy ish tashlash boshlanadi. Soligorskdagi shaxtyorlar, «Grodno Azot» filiali va yana boshqa korxonalar ishchilari ham ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qilgan.
Belarusda 9 avgustda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Siyosiy muxoliflarning ta'qib qilinishlariga qarshi mamlakatda va uning tashqarisida noroziliklar bildirilmoqda.
Lukashenko Belarusda inqilob uyushtirishni xohlashmoqda degan fikrda. U xorij kuchlari saylovoldi kampaniyasiga aralashayotganidan shikoyat qilgan.
Mavzuga oid
00:51
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
17:13 / 30.10.2024
BMW, Mercedes, Porsche va boshqa nemis kompaniyalarida umummilliy ish tashlash boshlandi
23:10 / 12.10.2024
Boeing ish tashlashlar fonida 17 ming ish o‘rnini qisqartiradi
00:20 / 22.09.2024