Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Prezidentning 1994 yil 20 apreldagi “Eksport-import operatsiyalari böyiça valuta nazoratini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–837-son Farmoni ilovasiga özgartiriş kiritiladi.
Unga köra, barça taşqi savdo şartnomalari valuta nazorati organlarida, Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYaEAT) orqali tijorat banklarida monitoringdan ötkaziladi, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan beş ming AKŞ dollarigaça bölgan tovarlar (xizmatlar) eksporti bundan mustasno.
Tadbirkorlik sub'yektlariga ularning taşkiliy maqomidan qat'iy nazar taşqi savdo şartnomalari böyiça ma'lumotlarni TSOYaEATga kiritiş şarti bilan xorijiy tovarlarni (işlar, xizmatlarni) Özbekiston hududiga haqiqatda olib kiriş majburiyatisiz sotib oliş va sotiş böyiça Özbekistonning norezidentlari bilan transçegaraviy (ikkinçi bir davlatdan boşqasiga) savdoni amalga oşirişni nazarda tutuvçi, xorijiy tovarlarni (işlar, xizmatlarni) yetkazib beriş xizmatiga oid şartnomalarni tuziş asosida valuta operatsiyalarini amalga oşiriş, xorijiy valutadagi tuşumlarning tegişli qismini boşqa norezident yuridik şaxslarga transferabel akkreditivlar va boşqa tölov hujjatlarini qöllaş yöli bilan qaytarişga ruxsat etiladi.
Bunda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan uşbu şartnomalar doirasida amalga oşiriladigan tölovlar miqdoridan kam bölmagan mablağlar tovarlar (işlar, xizmatlar) uçun xorijiy hamkorlarga ötkazilgan tölov sanasidan boşlab 180 kalendar kuni mobaynida özlarining Özbekiston banklaridagi hisob raqamlariga töliq kelib tuşişi ta'minlanişi lozim. Uşbu belgilangan muddatda kelib tuşmagan valuta mablağlari muddati ötgan debitor qarzdorlik sifatida qaraladi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining uşbu bandda körsatilgan faoliyati taşqi savdo böyiça savdo-vositaçilik xizmati körsatiş faoliyati deb qaraladi va savdo-vositaçilik xizmati körsatiş böyiça belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Xorijiy tovarlarni (işlar, xizmatlarni) Özbekiston hududiga haqiqatda olib kiriş majburiyatisiz sotib oliş va sotiş böyiça Özbekistonning norezidentlari bilan tuzilgan xalqaro savdo şartnomalari valutani nazorat qiluvçi organlar va tijorat banklari tomonidan monitoring qilinadi.











