"2023 yilda Özbekiston meva-sabzavot, qimmatbaho metallar, töqimaçilik, mis mahsulotlari, avtomobil butlovçi buyumlarini xorijga eksport qildi. Sönggi yillarda Özbekiston taşqi savdosi barqaror ösiş sur’atlarini körsatmoqda", – deyilgan maqolada.

Bundan taşqari, Özbekiston jahon bozorida bir qator mahsulotlar böyiça salmoqli qiyosiy ustunlikka ega. Çunonçi, sof paxta iplari eksporti boşqa mamlakatlardagi körsatkiçlardan 172 foizga, ipak gazlamalar 85 foizga, molibden 79 foizga, buğdoy unidan 65 foizga, uzum mahsulotlari 39 foizga köp.

Qayd etilişiça, 2023 yilda Özbekiston öz eksporti geografiyasini sezilarli darajada kengaytirib, 10 dan ortiq yangi bozorlarga, jumladan, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Kolumbiya va Indoneziyaga çiqdi. Şu tariqa, Özbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi.

2024 yil boşidan buyon Özbekistonda yetiştiriladigan meva-sabzavot mahsulotlariga, şuningdek, ulardan tayyorlanadigan turli sirop va şarbatlarga talab yuqori böldi. Mahsulotlar ayniqsa Buyuk Britaniya, Hindiston, Kanada, AQŞ, Tailand va Avstraliya kabi mamlakatlarga faol eksport qilinmoqda.