Kunlik antirekord yangilandi. Yangi holatlarning qariyb 90 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keldi
Jami kasallanganlar soni 21 mingdan oshdi. Ularning yarmidan ko‘pi sog‘ayib chiqqan.
27 iyul kuni O‘zbekistonda 678 kishida koronavirus tasdiqlanib, kunlik o‘sish bo‘yicha antirekord qayd etildi. Bungacha kun davomida kasallik aniqlanishi holatlari 600tadan oshishi kuzatilmagan edi.
SSV xabariga ko‘ra, yangi holatlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
27 iyul, yangi holatlar (+678):
- Toshkent shahri – 475
- Toshkent viloyati – 127
- Buxoro viloyati – 22
- Namangan viloyati – 18
- Sirdaryo viloyati – 18
- Andijon viloyati – 13
- Jizzax viloyati – 3
- Navoiy viloyati – 2
27 iyulda sog‘ayganlar soni bo‘yicha ham rekord ko‘rsatkich qayd etildi – 569 nafar.
Shundan 337 nafari – Toshkent shahridagi 20 ta shifoxonadan davolanib chiqdi. 75 nafari Toshkent viloyatida, 53 nafari Qashqadaryoda, 32 nafari Andijonda, 22 nafari Namanganda va yana 22 nafari Sirdaryoda, 15 nafari Farg‘onada, 13 nafari Jizzaxda kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 209 nafar bemordan 11 674 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.
Kun davomida Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani xabar qilindi.
Ayni paytda davolanayotgan 9 414 nafar bemordan 214 nafari og‘ir, 83 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab 67 155 kishi uy karantinida, 25 178 nafar fuqaro esa statsionar karantinda esa tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
17:49 / 14.08.2023
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sut sotuvi boshlandi
18:58 / 06.05.2023
JSST koronavirus hech qachon butunlay yo‘q qilinmasligini aytdi
19:23 / 05.05.2023
JSST koronavirus pandemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:19 / 02.05.2023