O‘zbekiston | 17:19 / 28.07.2020
11829
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 12 mingdan oshdi

Bugun O‘zbekiston hozircha yana 352 nafar bemor sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning 6 hududida jami 352 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lgani va jami sog‘ayganlar soni 12026 nafarga yetgani haqida xabar qildi.

  • Toshkent shahrida 185 nafar;
  • Toshkent viloyatida 82 nafar;
  • Andijon viloyatida 41 nafar;
  • Buxoro viloyatida 17 nafar;
  • Navoiy viloyatida 17 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar. 

Bugun hozircha 490ta yangi kasallanish holati qayd etilgan va jami holatlar soni 21699taga yetgan.

  • Toshkent shahrida 247 holat;
  • Toshkent viloyatida 100 holat;
  • Buxoro viloyatida 32 holat
  • Sirdaryo viloyatida 21 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 21 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 18 holat;
  • Namangan viloyatida 18 holat;
  • Navoiy viloyatida 11 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 10 holat;
  • Andijon viloyatida 9 holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 holat.

Shuningdek, Toshkent shahrida uch bemor vafot etib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni rasman 124taga yetdi.

  • Toshkent shahridagi 9-son tug‘ruq kompleksida «27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligi» tashxisi bilan davolangan uchtepalik 34 yoshli Sh.M. (ayol) olamdan o‘tdi. 
  • 16 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 50 yoshli R.D. (erkak) vafot etdi.
  • 10 iyul kuni koronavirus alomatlari aniqlangan va 20 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 61 yoshli M.M. (erkak) olamdan o‘tdi.

Hozirda mamlakatimizda 9549 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid