Jahon | 14:46 / 28.07.2020
21167
1 daqiqa o‘qiladi

Yerga kattaligi futbol maydonidek keladigan asteroid yaqinlashmoqda

Foto: Fotolia / sdecoret

5 avgust kuni 2009 PQ1 xavfli asteroidi Yerdan o‘n besh million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi, deb xabar berdi NASA.

Amerika kosmik agentligining hisob kitobiga ko‘ra, asteroidning diametri 84 metrdan 190 metrgachani tashkil etadi. Taqqoslash uchun: futbol maydonining o‘rtacha uzunligi 100 metr atrofida.

Asteroid Yerga yaqinlashadigan eng minimal masofa 13,2 mln km bo‘lishi mumkin, bu 2009 PQ1 asteroidi ehtimoliy xavfli astronomik jism ekanligini bildiradi.

Qayd etilishicha, asteroid 5 avgust kuni soat 21:35da Yerga eng yaqin masofada bo‘ladi.

2009 PQ1 asteroidi 2009 yilda kashf etilgan va ro‘yxatga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid