O‘zbekiston | 10:55 / 29.07.2020
4306
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 58 mingdan ziyod qonunbuzilish aniqlandi – DXA

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yil birinchi yarim yilligida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 58034 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.

«Aniqlangan qonunbuzilishlarning 49 mingdan ortig‘i belgilangan muddatda xizmat ko‘rsatmaganlik, 2,5 mingdan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, salkam mingtasi xizmat ko‘rsatishni asossiz rad etishdan iboratdir.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 437 ta taqdimnoma, 1537 ta ogohnoma kiritildi va 1549 ta ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi», deya agentlik direktori o‘rinbosari No‘'mon Muhammadiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kiritilgan ta'sir choralari natijasida 298 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 17 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan bo‘lsa, 1542 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy jarima qo‘llanilgan.

Avvalroq 2020 yilning 6 oyida qariyb 80 mingta sayyor xizmat ko‘rsatilgani ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid