Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada koronavirus bilan bog‘liq favqulodda vaziyat rejimi oktabr o‘rtasigacha uzaytirildi
Italiya parlamenti mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holda 6 oylik muddatga kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini 15 oktyabrgacha uzaytirishga ruxsat berdi.
G‘arb OAVning xabar berishicha, Italiya parlamentining quyi palatasi – Deputatlar palatasi favqulodda vaziyat uzaytirilishi uchun ovoz bergan. Parlamentning yuqori palatasi – senat esa bunga bir kun avval ovoz bergan edi. Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte favqulodda vaziyat rejimi uzaytirilishi yangi cheklovlar joriy qilinishini anglatmasligini ma'lum qilgan.
“Afsuski, joriy pandemiya nazorat ostiga olingan bo‘lsa-da, to‘liq tugamadi”, deb aytgan Konte.
Mamlakatda favqulodda vaziyat rejimi 31 iyulda tugashi kerak edi. Ushbu rejim birinchi navbatda hukumatga zilzilalar, toshqinlar va boshqa falokatlar vaqtida qarorlar qabul qilishni tezlashtirish imkonini beradi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus yuqtirish holatlari 246 mingdan oshgan, 198 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 35 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026