Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi Rossiyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklarga imtihonlarga masofadan tayyorlanishni taklif etdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklarga imtihonlarga masofadan tayyorlanishni taklif etdi. Qayd etilishicha, fuqarolarimiz uyidan turib rus tili, Rossiya qonunchiligi va tarixi bo‘yicha bilim olishlari va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma olishda talab etiladigan sertifikatiga ega bo‘lishlari mumkin.
«Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti COVID-19 pandemiyasi sababli e'lon qilingan karantin cheklovlari tugaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun rus tili, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va tarixi bo‘yicha masofadan turib onlayn formatda o‘qitishni boshlaydi.
Endi mazkur universitetda o‘qish uchun Rossiyaga borish shart emas. Fuqarolar o‘z uyidan turib rus tili, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va tarixi bo‘yicha bilim olish va maxsus sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin», deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, o‘quv kurslarida:
– rus tili bo‘yicha bilimga ega fuqarolar Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti sertifikatini olish uchun 1 haftalik imtihonga tayyorlov kursida bepul o‘qishadi. Imtihon uchun to‘lov 720 000 so‘mni (4900 rubl)ni tashkil etadi;
– rus tili, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va tarixi bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun 72 soatlik o‘qish xarajatlari 1 mln 470 ming so‘mni (10 ming rubl) tashkil etadi.
Migratsiya agentligining xabar berishicha, o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ro‘yxatga olish boshlangan. Buning uchun agentlikka yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilish hamda mas'ul operatorlar orqali “labormigration.uz” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
18:05 / 11.02.2026