Ma’lum qilinişiça, Özbekiston fuqarosi T.Z. mamlakatning Vengriyadagi elçixonasi konsullik bölimiga murojaat qilib, Serbiyadan Özbekistonga qaytiş uçun amaliy yordam söragan.

Uning bildirişiça, yuzaga kelgan muammo Serbiyadagi iş beruvçi tomonidan öz zimmasiga olgan majburiyatlar töliq bajarilmagani, jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça kelişuvlarga amal qilinmagani bilan boğliq bölgan. Natijada hamyurtimiz oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan va mustaqil ravişda yurtiga qaytiş imkoniyatidan mahrum bölgan.

Vaziyatni inobatga olgan holda, elçixona tomonidan Özbekiston Migratsiya agentligi bilan tezkor hamkorlik yölga qöyildi. Olib borilgan işlar natijasida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan arizaçi uçun bepul aviaçipta rasmiylaştirildi.

Şundan söng fuqaroning Özbekistonga qaytişi ta’minlandi.

Mutasaddilar xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarga qiyin vaziyatlarda diplomatik vakolatxonalar va tegişli idoralarga murojaat qilişni tavsiya etmoqda.