Statistika qo‘mitasi xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketgan o‘zbekistonliklar sonini ma'lum qildi
2020 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 78,8 ming kishini (78,2 ming kishi respublika hududlaridan, 0,6 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 82,9 ming kishini (78,2 ming kishi respublika hududlariga, 4,7 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, migratsiya saldosi minus 4,1 ming kishi bo‘lib, 2019 yilning mos davrida minus 4,0 ming kishi bo‘lgan.
Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 12,1 ming kishi), Buxoro (minus 4,6 ming kishi), Surxondaryo (minus 3,4 ming kishi) va Samarqand (minus 3,2 ming kishi) viloyatlarida qayd etildi.
Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 34,0 ming kishi) kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 32,2 foiz), Tojikiston Respublikasi (25,1 foiz), Rossiya Federatsiyasi (21,5 foiz), Qirg‘iziston Respublikasi (6,4 foiz), Turkmaniston Respublikasi (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (13,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami xorijga ko‘chib ketganlarga nisbatan 58,8 foiz), Rossiya Federatsiyasi (36,9 foiz), Isroil (0,8 foiz), Qirg‘iziston Respublikasi (0,6 foiz), Tojikiston Respublikasi (0,4 foiz) va boshqa mamlakatlar (2,5 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni respublika bo‘yicha jami 577 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kelganlar soni Toshkent viloyati (197 kishi), Toshkent shahri (170 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (67 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni respublika bo‘yicha jami 4 710 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ketganlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1460 kishi), Toshkent viloyati (1274 kishi) va Toshkent shahri (1132 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida 2020 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy migratsiyaning minus saldosi Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 1393 kishi, Toshkent viloyatida - 1077 kishi, Toshkent shahrida - 962 kishi va Navoiy viloyatida - 185 kishini tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Mavzuga oid
19:17 / 03.11.2024
Rossiyada tug‘ilish darajasini lotereyalar yordamida oshirish taklif etildi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024