Fan-texnika | 14:26 / 30.07.2020
5925
1 daqiqa o‘qiladi

Huawei smartfon sotish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasiga aylandi

Huawei savdosining 70 foizdan ortig‘i Xitoyga to‘g‘ri keladi. Yevropada smartfon sotish bo‘yicha esa kompaniya Samsung va Apple'dan keyin uchinchi o‘rinda joylashdi.

Foto: DPA

Xitoyning Huawei kompaniyasi 2020 yilning ikkinchi choragida smartfon sotish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi. Kompaniya to‘qqiz yil ichida ilk bor Samsung va Apple kompaniyalarini ortda qoldirdi. Bu haqda Canalys tahlil kompaniyasi hisobotida ma'lum qilindi.

 Aprel-iyun oylari davomida Huawei 55,8 mln dona smartfon sotgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 5 foizga kam. Ammo Samsung smartfonlari savdosi 30 foizga tushgan va 53,7 mln dona qurilma sotgan.

 Huawei savdosining 70 foizdan ortig‘i Xitoyga to‘g‘ri keladi. Yevropada smartfon sotish bo‘yicha esa kompaniya Samsung va Apple'dan keyin uchinchi o‘rinda joylashdi.

 Canalys tahlilchilarining fikricha, birgina Xitoy bozorida yuqori mavqeni egallash orqali dunyoda yetakchilikni saqlab turish qiyin.

Mavzuga oid