Turkiya Sardoba ofati jabrdiydalariga Qurbon hayiti munosabati bilan insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi
Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi Sardoba falokatidan jabrlanganlarga qariyb 14 tonna og‘irlikda insonparvarlik yordami yetkazib berdi. Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston hukumati tomonidan belgilangan ehtiyojlar ro‘yxatiga muvofiq, insonparvarlik yordami ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Turkiya Ichki ishlar vazirligi, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan yetkazib berilgan gumanitar yordam ta'minotini olib boruvchi yuk mashinalari avtokarvoni 30 iyul, payshanba kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumaniga mutasaddilariga topshirildi.
Shu munosabat bilan, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er bayonot berar ekan, 2020 yil 1 may kuni sodir bo‘lgan talofatdan so‘ng, Turkiyaning barcha tegishli tashkilotlari hamda O‘zbekiston hukumati o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatilib, falokat natijasida ko‘rilgan talofatlarni bartaraf etish uchun samarali qadamlar tashlanganini qayd etdi.
Covid-19 pandemiyasi dunyo miqyosida qiyinchiliklar yaratayotgan bir mahalda, ushbu balo natijasida yuzaga kelgan talofatlarini sanab o‘tgan Mehmet Sureyya Er O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev va davlatning barcha tegishli tashkilotlari mamlakat aholisining ehtiyojlarini qisqa vaqt ichida qondirish uchun tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirganini ham alohida ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval, O‘zbekistonga falokat oqibatlarini yengillashtirish maqsadida Turkiyaning TIKA hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi 4000 dona yotoq to‘plami (matras, ko‘rpa, yostiq, choyshablar) yetkazib berilgan edi.
Joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv ombori o‘pirilishi oqibatida ko‘plab turar-joylar suv ostida qolgan. Viloyatdan qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilingan edi. Ofat 6 kishining umriga zomin bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024