Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus’ning uchuvchisiz vertolyoti ilk parvozini amalga oshirdi
Airbus Helicopters kompaniyasining uchuvchisiz boshqariluvchi vertolyoti VSR700 ilk parvozini amalga oshirdi. Parvoz 10 daqiqa davom etgan.
Kompaniya bosh direktori Bryuno Evenning ta'kidlashicha, VSR700’ning ilk parvozi Fransiyadagi sinovlar markazi hududida bo‘lib o‘tgan.
Mutaxassisning aytishicha, bu parvoz vertolyotning 2021 yil oxirida dengizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sinovlari tomon “katta qadam” bo‘lgan.
VSR700 uzunligi 6,2 metrni tashkil qiladi. U havoda 6 kmgacha balandlikda 8 soat qolishi mumkin. Uchuvchisiz vertolyotning maksimal tezligi soatiga 80 kmni tashkil qiladi.
VSR700 harbiy vertolyotlar va kemalarga dengiz operatsiyalari vaqtida yordam berish maqsadida ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026