Jamiyat | 08:21 / 31.07.2020
3925
5 daqiqa o‘qiladi

Hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish tartibi tasdiqlanadi

Hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi;

hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha bajariladigan ishlar Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish tartibini belgilaydi.

Hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni aniqlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni aniqlash bo‘yicha tayyorlangan materiallar (hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hosildan qolgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning darajasi to‘rtta toifaga bo‘linadi: 

a) qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalanishiga yaroqli bo‘lgan yerlar – o‘zining tabiiy hosildorligi buzilmagan holda saqlab qolingan yerlar;

b) qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalanishiga yaroqsiz yerlar – so‘ngi 3 yil ichida yerlarning buzilishiga, tuproq unumdorligining (ozuqa hajmi) sifati yomonlashuviga olib keladigan jarayonlar bir oz ta'sir qilgan, tuproqning ball boniteti, geobotanik farqlar va boshqa shunga o‘xshash usullar bilan belgilangan bazaviy normativlari 20 foizdan oshmaydigan yerlar;

v) hosildan qolgan o‘rta darajadagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari – yerlarning buzilishiga olib keladigan jarayonlarga moyil bo‘lgan, so‘ngi 3 yil ichida tuproq unumdorligining (ozuqa hajmi) sifati yomonlashuviga olib keladigan jarayonlar vujudga kelgan tuproqning ball boniteti, geobotanik farqlar va boshqa shunga o‘xshash usullar bilan belgilangan bazaviy normativlari 20 foiz - 40 foiz tashkil qiladigan yerlar. Bunday yerlarda ishlab chiqarish xarajatlari (tannarxi) yetishtirilgan mahsulot qiymatiga teng bo‘ladi;

g) hosildan qolgan yuqori darajadagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari — tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladigan jarayonlarga juda sezgir, so‘ngi 3 yil ichida tuproq unumdorligining (ozuqa xajmi) sifati yomonlashuviga olib keladigan jarayonlar vujudga kelgan tuproqning ball boniteti, geobotanik farqlar va boshqa usullar bilan belgilangan bazaviy normativlari - 40 foizdan ortiqni tashkil qiladigan yerlar. Bunday yerlarda ishlab chiqarish xarajatlari (tannarxi) hosil bo‘lgan mahsulot qimmatlashadi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildan qolishining asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi:

  • sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi;
  • meliorativ holatining yomonlanishi;
  • tuproqni suv va shamol eroziyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmaganligi;
  • yerlardan foydalanish va muhofaza qilishda ekologik talablarga rioya etmaslik;
  • sug‘orish manbalariga ulanish tizimining yo‘qotilishi;
  • yaylovlardan foydalanishning yaylovlar aylanmasi yo‘qligi sababli, chorva mollar (hayvonlar)ning ustma-ust boqilayotganligi;
  • yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish;
  • yerlarning ifloslanishi;
  • buzilgan yerlarning rekultivatsiya qilinmaganligi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid