Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 3 avgustdan boshlab karantin biroz yumshatiladi
Qashqadaryoda 3 avgust, dushanba kunidan kunning muayyan soatlarida stikersiz mashinalar harakatiga ruxsat etiladi. Viloyat markazi Qarshi shahriga avtomobillar muayyan vaqtda kirib chiqishi ham mumkin bo‘ladi.
Agarda tuman va shahar hokimlari kafolat berishsa, buyum bozorlari, go‘zallik salonlari va boshqa tadbirkorlik faoliyatlariga ruxsat etilishi mumkin.
Bugun, 31 iyul kuni ZOOM orqali yig‘ilish o‘tkazgan viloyat maxsus komissiyasi shunday qarorga keldi.
Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryoda joriy qilingan cheklovlarga 3 avgustdan boshlab bir qator o‘zgarishlar kiritildi:
- avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga, shuningdek, Qarshi shahriga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00dan 10:00gacha, 18:00dan 21:00gacha) tegishli hudud doirasida fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi;
- yo‘nalishsiz taksilar soni bugungi kunga nisbatan 2 barobarga ko‘paytiriladi va butun sutka davomida harakatlanishiga ruxsat beriladi;
- viloyat maxsus komissiyasi qarorida keltirilgan cheklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ayrim toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ya'ni maxsus ruxsatnoma (stiker), ayrim toifadagi avtotransport vositalari, «yashil yo‘lak» tizimi, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari avtomashinalari va viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqarish, tadbirkorlik hamda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan avtotransport vositalari ro‘yxat asosida harakatlanishi mumkin.
Shuningdek, 3 avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlariga o‘z hududidagi buyum va qurilish mollari bozorlari, savdo maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga faoliyatini davom ettirishga individual ruxsat berish (oldindan tadbirkorga karantin talablarini tushuntirish va kafolatini olish) vakolati berildi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026