Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada hududlarni begonalashtirishni ekstremizmga tenglashtiruvchi qonun imzolandi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya hududlarini begonalashtirishni ekstremizmga tenglashtiruvchi qonun imzolandi. «Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi federal qonunga o‘zgartirishlar huquqiy axborot internet portalida e'lon qilingan.
Endi nafaqat Rossiya hududiy yaxlitligiga daxl qilish, shunindek uning hududining bir qismini begonalashtirish ham ekstremizm o‘laroq baholanadi. Chegaradosh davlatlar bilan davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish ekstremizm hisoblanmaydi.
Iyul oyi o‘rtalarida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi guruh hamraisi, deputat Pavel Krasheninnikov Davlat dumasiga Rossiya hududlarini begonalashtirishga chaqiriqlar uchun javobgarlik nazarda tutuvchi qonun loyihalarini kiritgan edi. U Jinoyat kodeksiga mamlakat hududiy yaxlitligini buzishni jazolovchi yangi modda kiritish, shuningdek, hududlarni begonalashtirishga chaqiriqlar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik joriy etishni ham taklif etgandi.
22 iyul kuni Duma uchinchi va so‘nggi o‘qishda qonunni qabul qilgan. So‘ngra u Federatsiya Kengashida tasdiqlangan. Endi esa Putin tomonidan imzolanib, kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026