Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari tez yordam xodimlariga pul tarqatilishi va Alisher Usmonovning yordami haqida gapirdi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedov prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tez tibbiy yordam xizmatida ishlayotgan xodimlarga to‘lanadigan bir martalik moddiy yordam va rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning ko‘magi bo‘yicha izoh berdi.
Farmon bilan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vrachlar, feldsherlar, sanitarlar va haydovchilar) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun davlat budjetidan 100 milliard so‘m ajratilmoqda.
«Reja bo‘yicha bu mablag‘ tizimda ishlayotgan 50 ming xodim uchun ajratilishi kerak edi. Aslida esa ular uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar summasi 200 mlrd.dan oshadi — vatandoshimiz Alisher Usmonov ham 10 mln dollar ajratdi. Biz shu mablag‘ni ham qo‘shib tizimdagi xodimlarga yetkazamiz», – deya Shorahmedovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, belgilangan bu mablag‘lar shifokorlarga 5 mln so‘mdan, feldsher va sanitarlarga 4 mln so‘mdan hamda haydovchilarga 3 mln so‘mdan tarqatiladi.
«Hozirda bu mablag‘lar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga tushgan. Xususan, Alisher Burxonovichning pullari ham.
Buni bir martalik beriladigan «hayitlik» desak ham bo‘ladi. Hozirda bu mablag‘larning qanday bo‘linishi bo‘yicha tartibni tuzib chiqqanmiz. Unga ko‘ra, 3 kun muddatda vazirlikning hududiy boshqarmalari bizga ro‘yxat shakllantirib beradi.
Yaqin kunlarda biz ularga barcha mablag‘larni to‘lab beramiz», – dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
20:49 / 29.10.2024
Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin
15:10 / 14.10.2024
Bild: Usmonov ARD jurnalisti ustidan prokuraturaga ariza berdi
21:22 / 01.10.2024