Turkmanistonda yo‘lovchi poyezdlar qatnoviga qo‘yilgan cheklov 15 avgustgacha uzaytirildi
Dastlab koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida poyezdlar 16 iyuldan 23 iyulgacha qatnamasligi e'lon qilingan, so‘ngra tanaffus 31 iyulgacha uzaytirilgandi.
"Turkmendemiryollari" ("Turkmaniston temir yo‘llari") agentligi mamlakatda temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishga e'lon qilingan tanaffus 15 avgustgacha uzaytirilganini e'lon qildi. Yo‘lovchi poyezdlar qatnovi 16 iyuldan to‘xtatilgandi.
Yo‘lovchi poyezdlar qatnoviga qo‘yilgan cheklov ikkinchi marta uzaytirilmoqda. Dastlab koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida poyezdlar 16 iyuldan 23 iyulgacha qatnamasligi e'lon qilingan, so‘ngra tanaffus 31 iyulgacha uzaytirilgandi.
Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi holati qayd etilmaganini ta'kidlab kelmoqda. Mamlakatda iyul o‘rtalarida niqob taqish rejimi joriy etilgan, masjidlar, yirik savdo markazlari va bozorlar, restoranlar, kinoteatrlar, xizmat ko‘rsatish korxonalari yopilgan. "Turkmaniston havo yo‘llari" barcha xalqaro parvozlarni 31 avgustgacha bekor qilgan.
JSST ekspertlari Turkmanistonga kelib vaziyatni o‘rgangan va mamlakatda zotiljam bilan kasallanish holatlari o‘sayotganligidan xavotir bildirgan. JSSTning Yevropadagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha katta xodimi Ketrin Smollvud Turkmaniston hukumatiga "xuddi COVID-19 tarqalgan vaziyatdagidek" harakat qilishni tavsiya etgan.
Mavzuga oid
09:44 / 04.11.2024
Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd buzilib qoldi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
22:15 / 25.10.2024