Karantinning uzaytirilishi oziq-ovqat narxlari oshishiga olib kelishi mumkin. Markaziy bank importni soddalashtirish taklifi bilan chiqdi
O‘zbekistonda karantin cheklovlarining yanada uzaytirilishi asosiy iste'mol tovarlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin, deyiladi Markaziy bank hisobotida.
Ta'kidlanishicha, pandemiya ta'siri va uni jilovlab turish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar natijasida iqtisodiy vaziyatning tez o‘zgarishi iqtisodiy muhitdagi noaniqlikning yuqori darajasiga hamda iqtisodiy jarayonlar rivojining oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan holatlariga olib kelishi mumkin.
«Mehnat resurslari harakatiga cheklovlarning saqlab qolinishi, logistikaning yomonlashishi, transport xizmatlari takliflarining qisqarishi, karantin talablari yana uzaytirilgan sharoitda tovarlarni tashish muddati hamda qiymati oshishi asosiy iste'mol tovarlari narxining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin», - deyiladi ma'lumotda.
Bundan tashqari, moliyaviy rag‘batlantirish, yilning birinchi yarmida kreditlash va pul massasining jadal o‘sishi yil ikkinchi yarmida ma'lum inflyatsion muhitni yaratishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, kreditlashning o‘sish sur'atlari hamda ilgari berilgan kreditlarni qaytarish bo‘yicha ma'lum choralar ko‘rishni talab qiladi.
Pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning davom etishi aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga bo‘lgan talabining ortib borishiga turtki beradi, bu cheklangan ta'minot sharoitida ular narxiga bosim yaratadi. Shuni inobatga olgan holda, narxlar ko‘tarilishining oldini olish uchun importni erkinlashtirish hamda soddalashtirish orqali qish-bahor mavsumi uchun ushbu turdagi tovarlar zaxirasini qayta ko‘rib chiqish va oshirish zarur.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
15:11 / 05.11.2024