Shavkat Mirziyoyev Nukusdan Toshkentga qaytib keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov xotirasiga bag‘ishlangan ta'ziya marosimlarida ishtirok etib, Nukusdan Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristonida bo‘lib, marhumning qabrini ziyorat qildi, shu yerda uning aqiga Qur'on tilovat qilindi.
«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining og‘zibirchiligini qadrlardi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident «Shorsha baba» qabristoni obod qilinishini ta'kidladi.
Shundan so‘ng Nukusda Qoraqalpog‘istonning yirik davlat arbobi vafoti munosabati bilan ta'ziya marosimi bo‘lib o‘tdi.
– Qoraqalpoq zaminida, Orol halokati yuz bergan o‘lkada yashab mehnat qilish – bu haqiqiy matonat. Musa Yerniyazov ana shunday qahramon xalqning qahramon rahbari edi. U 18 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi deb atalmish o‘ta mas'uliyatli va sharafli vazifada samarali faoliyat olib borgani buni yaqqol tasdiqlaydi, – dedi marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari Musa Yerniyazov 31 avgust kuni Nukus shahrida, 73 yoshida vafot etdi. Unda 24 iyun kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bemor qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024