Ma'lum qilinişiça, Nukus şahrida yaşagan 73 yoşli Musa Yerniyazov 24 iyun kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan.

Unga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir respirator distress sindrom, ötkir nafas va yurak qon-tomir, poliorgan, ötkir jigar va buyrak yetişmovçiliklari, boş miya şişi, insult kabi asoratlar bilan keçgan. Şuningdek, qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham oğrigan.

Bemor bir neça yildan buyon qandli diabet, gipertoniya, yurak işemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan. Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin oğirlaşib, keça ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

Eslatib ötamiz, Musa Yerniyazov koronavirusga çalingani haqidagi xabarlar iyul oyi boşida paydo bölgandi. Ammo öşanda Qoraqalpoğiston rahbariyati bu xabarlarni qat'iy rad etgandi.

Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi 18 iyul kuni Musa Yerniyazov koronavirusga çalingani haqida xabar bergandi. SSV Yerniyazovning ahvolini barqaror deb baholagandi.

25 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Musa Yerniyazovning vafoti haqida xabarlar tarqalgan, ammo SSV bu ma'lumotni rad etgandi.

30 iyul kuni Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi Yerniyazovning ahvoli oğirligi, u öpkaning sun'iy ventilyatsiyasi apparatiga ulangani haqida ma'lum qilgandi.

31 iyul kuni Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi vafot etgani ma'lum böldi.

Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi esa 31 iyul kuni Musa Yerniyazovning 30 iyunda oğir ahvolda kasalxonaga yotqizilganini xabar