AQShga Xitoydan ichida urug‘lar bo‘lgan shubhali jo‘natmalar kelmoqda. Buning sababi tushuntirildi
Amerikaliklarga Xitoydan ichida urug‘lar bo‘lgan shubhali jo‘natmalar kelmoqda. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligining ma'lum qilishicha, bu jo‘natmalar hayot uchun xavfli bo‘lmay, yangi firibgarlikning bir qismi bo‘lishi mumkin.
Business Insider nashrining xabar berishicha, dastlab bir nechta shtat ma'muriyati gap zararli o‘simliklar urug‘lari haqida borayotganiga gumon qilgan. Fuqarolarga olingan urug‘larga tegmaslik, ularni bolalar va uy hayvonlari tega olmaydigan xavfsiz joylarda saqlash tavsiya qilingan.
Keyinroq qishloq xo‘jaligi vazirligi odamlarga yalpiz, rozmarin, lavanda, atirgul va gibiskus urug‘lari jo‘natilayotgani haqidagi xulosaga kelgan. Ayni vaqtda jo‘natmalar orqali 14 turdagi o‘simlik urug‘lari jo‘natilgani qayd etilgan. Ular orasida hayot uchun xavfli o‘simliklar aniqlanmagan.
Vazirlik vakili Usama al-Lissiyning ta'kidlashicha, gap amerikaliklarga zarar yetkazish maqsadida uyushtirilayotgan hujum emas, balki Xitoy internet-do‘konlari sotuvchilarining firibgarligi haqida bormoqda. Ular Xitoydan tashqaridagi soxta manzillarga mahsulotlar jo‘natib, o‘z reytinglarini oshirishni mo‘ljallashgan.
Sotuvchi biror manzilga umuman keraksiz jo‘natma yuboradi va jo‘natmani kuzatish kodi pochta xizmati tomonidan qayd qilinadi. Jo‘natma hech narsadan bexabar bo‘lgan oluvchi manziliga yetgach, jo‘natma harakatlanishini treker-kod orqali kuzatishi mumkin bo‘lgan soxta oluvchi jo‘natmani bus-butun olganini ma'lum qilib, bu haqida ijobiy xulosa yozadi.
Xitoy pochta xizmati bu holatlar yuzasidan AQSh idoralari bilan tegishli tergov olib borishga tayyorligini bildirgan. Xitoyliklar jo‘natuvchi kim ekanini aniqlash uchun shubhali jo‘natmalarni ortga qaytarishni iltimos qilishgan.
27 iyulda Virjiniya shtati qishloq xo‘jaligi departamenti Xitoydan yuborilgan jo‘natmalardagi urug‘larni ekmaslikka va bunday jo‘natmalar haqida rasmiy idoralarga ma'lum qilishga chaqirgan.
1 avgustda NHK yapon telekanali Iokogama shahri karantin xizmatiga tayanib, Yaponiyaga Xitoydagi anonim jo‘natuvchilardan ichida urug‘lar bo‘lgan jo‘natmalar kelayotganini ma'lum qilgan.
Shunday jo‘natmalarni iyul oxiridan boshlab Yaponiyaning boshqa hududlaridagi odamlar ham ola boshlagan. Jo‘natmalarning barchasi xorijdan jo‘natilgan bo‘lib, ularda karantin xizmatidan o‘tganlik haqidagi shtamp bo‘lmagan. Ta'kidlanishicha, xuddi shunday jo‘natmalarni Kanada, Britaniya va Avstraliya aholisi ham olmoqda.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024