O‘zbekistonda bir kunda 1,2 mingdan ortiq kishi kasallikdan tuzaldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda 1208 bemor koronavirusdan sog‘ayib, sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilangani haqida xabar berdi.
«Shifokorlarimizning matonatli mehnati sabab bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1208 nafari sog‘aydi.
Shunday qilib, yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun respublikaning 11 hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1208 nafari sog‘aydi. Shundan 678 nafari Toshkent shahridagi 20ta shifoxonasida va uy sharoitida davolanganlardir.
- Toshkent shahrida 678 nafar;
- Toshkent viloyatida 185 nafar;
- Samarqand viloyatida 103 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 102 nafar;
- Buxoro viloyatida 50 nafar;
- Andijon viloyatida 35 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 20 nafar;
- Namangan viloyatida 13 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 11 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
- Xorazm viloyatida 2 nafar.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 1 avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 835 nafar bemor tuzalgandi.
Mavzuga oid
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:43 / 21.10.2024
Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
16:50 / 10.10.2024
AQShda o‘smir “Tetris” o‘yinida yangi rekord o‘rnatdi. U 255-darajagacha yetib bordi, shundan so‘ng o‘yin yangidan boshlandi
12:00 / 09.10.2024