O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 avgust kuni mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 774ta yangi holat aniqlangani haqida xabar berdi. Bu – hozirgacha kuzatilgan eng yuqori kunlik o‘sish.
Shu bilan birga, kun davomida COVID-19`dan tuzalganlar soni bo‘yicha ham rekord yangilandi – 835 bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Vazirlik yana 5ta o‘lim holati haqida xabar berdi, ularning barchasi – Toshkent shahrida ro‘y bergan.
Endilikda SSV statistikasiga asosan, jami holatlar soni 24 783, tuzalganlar 15 299 nafar, vafot etganlar kamida 147 kishini tashkil etmoqda.
Yangi holatlar (+774)
774ta yangi holatning barchasi «koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida» aniqlangan.
14ta hududiy birlikning 10tasida yangi zararlanish holatlari qayd etildi.
- Toshkent shahri – 484
- Toshkent viloyati – 190
- Andijon viloyati – 22
- Buxoro viloyati – 21
- Qashqadaryo viloyati – 18
- Sirdaryo viloyati – 16
- Farg‘ona viloyati – 13
- Navoiy viloyati – 4
- Surxondaryo viloyati – 4
- Qoraqalpog‘iston – 2
Tuzalganlar (+835)
O‘zbekistonda ketma-ket oltinchi kun sog‘ayish bo‘yicha rekord yangilanmoqda. 1 avgustda 11ta hududda jami 835 kishining tuzalgani ma'lum bo‘ldi.
- Toshkent shahri – 396
- Toshkent viloyati – 184
- Buxoro viloyatida – 98
- Surxondaryo viloyati – 36
- Andijon viloyati – 32
- Samarqand viloyati – 30
- Qashqadaryo viloyati – 17
- Namangan viloyati – 15
- Sirdaryo viloyatida – 14
- Navoiy viloyati – 5
- Jizzax viloyati – 4
- Farg‘ona viloyati – 4









