Qoraqalpog‘istonga Germaniyadan koronavirus testini tahlil qiluvchi ko‘chma apparat olib kelindi
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlovchi «Mini 8 Plus Real-Time PSR System» uskunasi va 1400ta test tizimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markaziga beg‘araz yordam sifatida topshirildi. Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» nashri ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, «Mini 8 Plus Real-Time PSR System» Germaniyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, funksional jihatdan katta – standart apparatlardan farq qilmaydi. PZR (polimer zanjir reaksiyasi) asosida ishlovchi mazkur mobil molekulyar uskuna foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan oddiy interfeys bilan jihozlangan.
Uskuna birdaniga 8ta namunani tekshirish quvvatiga ega bo‘lib, aksariyat tijoriy reagentlarga mos keladi. Bundan tashqari, tizim avtomatik tarzda tanlangan elektron manzilga ma'lumotlarni yuborish imkoniyatiga ega. Shu bois laboratoriya xodimlari ish vaqtidan unumli foydalanadi, mijozlar esa zudlik bilan kasallikka chalinganlari yoki chalinmaganliklari to‘g‘risida ma'lumot oladi.
Uskunani sozlashga ehtiyoj yo‘qligi, yengil va kichik hajmli ekani bois uni bemalol laboratoriya ichida yoki boshqa joylarga ko‘chirib yurish mumkin.
Olis hududlarda diagnostika ishlarida foydalanishga mo‘ljallangan mazkur uskuna avtonom rejimida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, rozetka orqali ham, batareyalar orqali ham ishlaydi.
Mazkur qurilma koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlashdan tashqari genotiplash, ya'ni nasldan naslga o‘tadigan kasalliklarni topish, shuningdek, hujayradagi genlarning o‘zgarganlik darajasini tahlil qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini aniqlash imkonini beradi.
Qo‘shimcha qilinishicha, bu apparat yordamida, masalan, «mol go‘shti» deb yozilgan qadoqdagi kotletda tovuq go‘shtining bor-yo‘qligini yoki zararli kimyoviy moddalar ishlatilgan-ishlatilmaganini bilish ham mumkin.
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
21:56 / 10.02.2024
Qoraqalpog‘istonning qator tumanlari vaqtincha elektrsiz qoldi
12:51 / 07.02.2024
Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan ikkita firmaga chora ko‘rildi
23:35 / 24.01.2024
Beruniy tumanidagi avtosalonda yong‘in sodir bo‘ldi
09:41 / 16.01.2024