Hujjatga köra, Qoraqalpoğiston hududida maxsus mayning zonasi taşkil etilişi rejalaştirilgan bölib, unda kripto-mayning bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar maxsus tartibda röyxatdan ötkaziladi.

Loyihada mayning faoliyati uçun qator qat’iy talablar belgilangan. Jumladan, faqat Qoraqalpoğistonda röyxatdan ötgan yuridik şaxslar maxsus zona rezidenti bölişi mumkin. Mayning faqat röyxatdan ötiş vaqtida körsatilgan manzilda amalga oşirilişi şart.

Şuningdek, yaşirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningi hamda avval muomalada bölgan kripto-aktivlarni aylanmaga kiritiş taqiqlanmoqda.

Nizom loyihasiga muvofiq, mayning bilan şuğullaniş uçun yuridik şaxslar maxsus ruxsatnoma olişi kerak böladi. Ruxsatnoma va rezidentlik guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi.

Hujjatda elektr energiyasidan foydalaniş tartibiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Mayning faoliyati uçun qayta tiklanuvçi energiya manbalari, vodorod elektr stansiyalari yoki yagona elektr tarmoğidan foydalaniş mumkinligi belgilangan.

Bundan taşqari, kripto-aktivlarni sotiş va ayirboşlaş jarayonlari ham nazorat ostiga olinadi. Mayning orqali topilgan kripto-aktivlarni sotişdan tuşgan mablağlar majburiy tarzda Özbekiston banklaridagi hisob raqamlariga ötkazilişi şart böladi.

Loyihada rezidentlarning ta’sisçilari va rahbarlariga nisbatan ham çeklovlar nazarda tutilgan. Terrorizm, korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlar yoki axborot texnologiyalari bilan boğliq jinoyatlarda gumon qilingan yoki sudlangan şaxslarning bunday faoliyatda iştirok etişiga yöl qöyilmaydi.

Mazkur maxsus zona faoliyatini nazorat qiliş Istiqbolli loyihalar milliy agentligi zimmasiga yuklanişi belgilangan.