Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada koronavirus tarqalishining bosh manbalari aniqlandi
Shveytsariyada koronavirus tarqalishining asosiy manbalari aniqlandi. Mamlakatda epidemiya tarqalishiga tungi klublar asosiy sabab bo‘lgan.
Bundan Shveytsariyaning Federal sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘tkazgan tadqiqot natijalari darak bermoqda, deb xabar berdi The Local nashri.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Shveytsariyada oxirgi 2 hafta ichida qayd qilingan yangi kasallanish holatlarining 42 foizi tungi klublarga to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, bar va restoranlar virus yuqtirish holatlarining 27 foiziga sabab bo‘lgan. Bu esa ushbu oraliqda qayd qilingan kasallanish holatlarining uchdan ikki qismi tungi hayot joylari yoki tamaddixonalar bilan bog‘liqligini anglatadi.
Shu bilan birga, 12 foiz kasallanganlar o‘z oilalari ichida, 8 foizi esa tibbiy xodimlardan zararlangan.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026