Yaponiyada dafn marosimi juda ahamiyatli marosim hisoblanadi. Odatda, vafot etgan kişi sönggi keçada öz uyida qoladi va ertasi kuni ertalab dafn marosimi ötkaziladigan joyga, söng esa krematoriyga olib boriladi.
Biroq koronavirus tarqalişi tufayli Yaponiyadagi köplab dafn marosimi uylari mazkur jarayonga jiddiy özgartirişlar kiritişga majbur bölmoqda.
Çeklovlar tufayli marosimga jismonan qatnaşa olmaydigan odamlarning iltimoslariga binoan Zoom orqali kuzatilib borilayotgan dafn marosimlari endilikda yangi bir tijoriy işga aylandi.
Tokiodagi Life Ending Technologies kompaniyasi bugungi kunga qadar 50dan ortiq «aqlli dafn marosimlari»ni ötkazib berdi. Kompaniyaning ta'kidlaşiça, 2 aprel kuni e'lon qilingan favqulodda vaziyat tufayli davlatlararo sayohat taqiqlanişi ortidan aksariyat odamlar öz qarindoşlarining dafn marosimlarida qatnaşa olişmagan.
Endi bu kabi odamlar kompyuter orqali marosimni tomoşa qilişlari va marhumning ruhiga tutatqi tutatişlari mumkin.
Nagoyadagi dafn marosimini olib boruvçi xodim Yuki Nişida çet elda yaşagan va epidemiya sababli Yaponiyaga qaytib kela olmagan mijozi haqida şunday deydi: «Dafn marosimida marhum haqida uning döstlari va qarindoşlari qanday fikrda ekani bayon etilgani bois bu işni virtual muhitda ham amalga oşiriş mumkin».
Şuningdek, Osakadagi Hotel Relation mehmonxonasi endilikda mijoz sifatida tirik insonlarni emas, vafot etganlarni qabul qilmoqda. Uşbu «dafn mehmonxonasi»da ötkaziladigan janoza marosimlarida marhumning qarindoşlar tobut yonida qisqa vaqt davomida xavfsiz motam tutiş imkoniga ega bölişlari mumkin.
Mutaxassislarning fikriga köra, dafn marosimi qarindoşlarga bir-birlari bilan hasratlaşiş va şu orqali qayğularini yengillaştirişga yordam beradi.
«Dafn marosimida iştirok etuvçilar soni kamayib, marhumning yonida yetarliça bölinmayotgani va u bilan xayrlaşiş imkoniyati yöqolgani bois marhumning yaqinlari yanada kuçli qayğuni boşdan keçirişlari mumkin», deydi janoza xodimi Çisato Sava.
Boşqa bir misolda, Yaponiyaning Hokkaydo orolida koronavirusdan vafot etgan 80 yoşli ayolning dafn marosimini ötkazib bergan janoza uyi xodimlari marhumning karantin tufayli uydan çiqa olmagan öğliga marosimini ekran orqali namoyiş etib berişdi va onasining kulini unga olib kelib topşirişdi.
Yaponiyada dafn marosimidan 49 kun keyin marhumning yaqin qarindoşlari hamda döstlari iştirok etadigan marosim ötkaziladi. Odatda, uşbu marosimda ruhoniylar Buddist ibodatlari (sutra)ni öqişadi.
Ammo epidemiya xavfi tufayli bu odat yöq bölib ketişini istamaganlar epidemiya boşlanişidan avval yaratilgan Yaponiyaning ilk robot-ruhoniysi Buddist Pepper va birinçi android-ruhoniy Mindarni «işga solişmoqda». Şuningdek, Yaponiyada WhatsApp’ga öxşaş bepul dastur – Lineda va'z qiluvçi va duo öquvçi ruhoniylar ham mavjud.













