Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha «Gazprom»ni «Shimoliy oqim–2» uchun 57 mln dollarlik jarimaga tortdi
Polsha «Gazprom»ni Boltiq dengizi ostidan tortilayotgan «Shimoliy oqim–2» («Severniy potok – 2») gaz quvuri uchun jarimaga tortdi. Jarima miqdori 57 million dollarni tashkil etadi.
REUTERS/Maxim Shemetov
Polsha Rossiyaning «Gazprom» shirkatiga «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri ishi surishtiruvida hamkorlik qilmagani uchun 213 million zlotiy (57,5 million dollar) miqdorida jarima soldi. Bu haqda Polshaning monopoliyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi UOKiK tashkiloti xabar bergan.
«Bu Rossiya kompaniyasining «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri qurilishi munosabati bilan o‘tkazilgan surishtiruvda hamkorlikdan bosh tortishi natijasida ro‘y berdi», deyiladi Polshaning monopoliyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi UOKiK tashkiloti tarqatgan ma'lumotda.
Gap UOKiK rahbari Tomash Xrustnaning zarur roziligisiz «Shimoliy oqim-2» qurilishini moliyalashtirayotgan konsorsium ishi haqida surishtiruv o‘tkazilayotgani haqida ketyapti. Konsorsium oltita kompaniyadan iborat: «Gazprom», Shveytsariyaning Engie, Niderlandiyaning Uniper, OMV, Shell va Wintershal.
Tergov davomida Tomash Xrustna Rossiya konsernidan hujjatlarni talab qilgan, ammo rad javobi olgan. Shundan so‘ng Rossiya kompaniyasiga jarima solingan.
Mavzuga oid
10:51 / 20.01.2026
Vengriyaning MOL kompaniyasi Serbiyadagi NIS’da “Gazprom” ulushini sotib oladi
20:33 / 22.12.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
14:11 / 04.11.2025
Yevropaga Rossiya gazi eksporti so‘nggi 50 yildagi minimumni yangiladi
21:24 / 16.10.2025