1988 yilda, Iroq-Eron uruşi tugaganidan söng Iroq iqtisodiy muammolarga duç kela boşlaydi. Mamlakat Eron bilan urişib yurganida Saudiya Arabistoni va Kuvaytdan katta miqdorda qarz bölgan, endi öşa qarzlarini qaytarişi kerak edi. Uruşdan çarçab çiqqan Iroqda öşa qarzlarni qaytarişga yetarli mablağ yöq edi.

Bu muammoni yeçişda Iroq prezidenti Saddam Husayn agressiv yöldan ketadi. U Kuvaytni bahsli hududlardan biri bölgan Rumeyladan noqonuniy neft qazib olişda ayblab, undan Iroq-Eron uruşi paytida berilgan 17 milliard dollar miqdoridagi qarzdan keçişni va yana 2,4 milliard dollar miqdorida tovon puli tölaşni talab qila boşlaydi. Tabiyki, Kuvayt buni rad etadi.

Uruşning boşlanişi

Saddam Husayn © STR New/Reuters

1990 yil 31 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jyezde şahrida özaro nizolar yuzasidan Iroq-Kuvayt muzokaralari bölib ötadi. Ammo muzokara natijasiz tugaydi. Oradan ikki kun ötib, 1990 yil 2 avgust kuni Iroq qöşinlari Kuvaytga bostirib kiradi, Kuvayt amiri Jobir as-Saboh Saudiya Arabistoniga qoçib ketadi.

Iroq qöşinlari Kuvaytni bosib olgan kunning özida BMT Xavfsizlik Kengaşi 660-sonli rezolyutsiyani qabul qiladi. Unda Iroqqa Kuvaytdan öz qöşinlarini darhol olib çiqib ketiş talabi qöyiladi. Iroq BMT talabini rad etdi va Kuvaytni öz tarkibiga qöşib olib, uni özining 19-provinsiyasi deb e’lon qiladi.

Öşa paytda köplab xalqaro taşkilotlar va davlat rahbarlari Saddam Husayndan öz qöşinlarini Kuvaytdan darhol olib çiqib ketişni talab qilişadi. U bu talablarni e’tiborsiz qoldiradi.

«Sahrodagi böron»

AQŞ armiyasi Kuvayt çegarasi tomon harakatlanmoqda, 1991 yil yanvar
© AP Photo/DOD Pool/Peter Dejong

Iroq BMT rezolyutsiyasini pisand qilmaganidan keyin, AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi zudlik bilan Iroqqa qarşi harbiy harakatlar boşlaş rejasini tuza boşaydi. Rejaga şartli ravişda «Sahrodagi böron» deb nom beriladi. Rejada avval Iroqdagi muhim obektlarga havodan zarba beriş, söng quruqlikdagi qöşinlarni harakatga keltiriş belgilangan edi.

1990 yil 7 avgust kunidan boşlab AQŞ öz harbiylari va harbiy texnikalarini Fors körfaziga ommaviy tarzda jönata boşlaydi. BMT öşanda Iroqqa qarşi jami 12 rezolyutsiya qabul qiladi. Ularda Iroqqa nisbatan iqtisodiy va harbiy sanksiyalar, şuningdek Kuvaytdan qöşinlarni darhol olib çiqib ketiş talablari qöyilgandi.